Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 16-band. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, jarima tariqasidagi jazo tayinlanganda hukmning…

Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, jarima tariqasidagi jazo tayinlanganda hukmning qaror qismida jarima miqdori bilan bir qatorda uning jinoyat sodir etilgan vaqtdagi bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblangan, pul birligida ifodalangan jami summasi ham koʻrsatilishi lozim. Jarima tariqasidagi jazoni tayinlash va miqdorini belgilashda sud, odatda, uning amalda toʻlana olinishi imkoniyatidan kelib chiqishi lozim. Bunda, chunonchi, sudlanuvchining moddiy ahvoli, shuningdek qaramogʻida voyaga yetmaganlar farzandlari, keksa ota-onasi borligi va h.k.lar inobatga olinishi lozim.