Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 18-band. Axloq tuzatish ishlari mehnatga layoqatli shaxsga nisbatan u sodir etgan jinoyatning…

Axloq tuzatish ishlari mehnatga layoqatli shaxsga nisbatan u sodir etgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda uni jamiyatdan ajratish zarurati boʻlmaganda olti oydan uch yilgacha (voyaga yetmaganlarga nisbatan — bir oydan bir yilgacha) boʻlgan muddatga tayinlanadi. Axloq tuzatish ishlari, shuningdek JK 44-moddasining uchinchi qismi va 82-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ilgari tayinlangan jarima jazosini almashtirish tartibida ham qoʻllanilishi mumkin. Bunday holda axloq tuzatish ishlarining minimal muddati toʻlanmagan jarima summasidan kelib chiqib, olti oydan (voyaga yetmaganlarga nisbatan — bir oydan) kamroq boʻlishi mumkin, biroq uch yildan (voyaga yetmaganlarga nisbatan — bir yildan) oshmasligi lozim.