Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 22-band. Axloq tuzatish ishlarini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi…

Axloq tuzatish ishlarini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirish masalasini hal qilishda, sud, axloq tuzatish ishi ijrosini amalga oshiruvchi organ tomonidan ushbu jazo ijrosini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrilganligi, mahkum qonun talabiga muvofiq jazoni oʻtashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi haqida berilgan maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim. Agar taqdim etilgan hujjatlarda bunday maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, sudya tegishli tekshirish oʻtkazish uchun hujjatlarni ushbu jazo ijrosini amalga oshiruvchi organga yuborish haqida ajrim chiqaradi.