Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 35-band. JK 72-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, agar shartli hukm qilingan shaxs sinov…

JK 72-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud tomonidan unga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga maʼmuriy yoki intizomiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan boʻlsa, sud bunday shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda belgilangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Shu bilan birga, sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyati va muayyan holatlarini, mahkumning shaxsi va sinov muddati davomidagi xulq-atvoriga doir maʼlumotlarni hisobga olib, sud shartli hukmni aslicha qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.