Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 43-band. Qonun boʻyicha tayinlanishi majburiy boʻlgan qoʻshimcha jazoni qoʻllamaslik (JK…

Qonun boʻyicha tayinlanishi majburiy boʻlgan qoʻshimcha jazoni qoʻllamaslik (JK 57-moddasi qoʻllanilgan hollar bundan mustasno), hukmda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo muddatini koʻrsatmaslik, tayinlangan jazoga ilgarigi hukm boʻyicha tayinlangan qoʻshimcha jazoning oʻtalmagan qismini qoʻshmaslik, qoʻshimcha jazoni faqat jinoyatlar jami boʻyicha tayinlash kabi hollar jinoyat qonuni notoʻgʻri qoʻllanilgan deb baholanishiga va Jinoyat-protsessual kodeksi 485 va 489-moddalari talabiga koʻra hukmning bekor boʻlishiga asos boʻladi.