Agar, sud muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazoni tayinlash chogʻida mansab nomi yoki faoliyat turini hukmda aniq koʻrsatmagan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda hukmga tegishli aniqlik kiritishga haqli. Bunday aniqliklar hukm chiqargan sud tomonidan ham JPK 541-moddasida koʻzda tutilgan tartibda kiritilishi mumkin. Agar hukm uni chiqargan sud faoliyat koʻrsatuvchi hududdan tashqarida ijro qilinayotgan boʻlsa, ushbu masala hukm ijro qilinayotgan joydagi sud tomonidan hal qilinadi.