Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 52-band. Ikki yoki undan ortiq jinoyatlar majmui boʻyicha qoʻshimcha jazo belgilashda, agar…

Ikki yoki undan ortiq jinoyatlar majmui boʻyicha qoʻshimcha jazo belgilashda, agar alohida jinoyatlar uchun tayinlangan jazo bir turga mansub boʻlsa, sud ushbu qoʻshimcha jazo turi uchun belgilangan maksimal muddat doirasida ularning yengilrogʻini ogʻirrogʻi bilan qoplash yoki ularni toʻla yoki qisman qoʻshish qoidasi boʻyicha uzil-kesil jazo tayinlaydi. Agar jinoyatlar yoki hukmlar majmuiga kiruvchi jinoyatlar uchun tayinlangan qoʻshimcha jazo turlicha boʻlsa, ular alohida ijro etiladi. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, qoʻshimcha jazolarni qoplash qoidasini qoʻllash imkoniyati qonunda jinoyatning ogʻirligi bilan cheklanmagan.