Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 7-band. Qonun (JK 55-moddasi ) jazoni yengillashtiruvchi holatlar doirasini cheklamaydi. Shu…

Qonun (JK 55-moddasi ) jazoni yengillashtiruvchi holatlar doirasini cheklamaydi. Shu sababli jazo tayinlash paytida ushbu moddada koʻrsatilmagan boshqa holatlar ham jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin (masalan, ijtimoiy xavfliligi katta boʻlmagan jinoyatning birinchi marta sodir etilishi, sudlanuvchining yosh bolasi borligi, jinoyatning birovga rahmdillik koʻrsatilishi sababli sodir etilishi, aybdor tomonidan bevosita jinoyat sodir etilganidan soʻng jabrlanuvchiga tibbiy yoki boshqa tarzda yordam koʻrsatilishi va h.k.). Bunday holatning jazoni yengillashtiruvchi deb topilganligi haqidagi xulosa hukmda asoslantirilishi kerak. Aybni boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz koʻrinishidagi jazoni yengillashtiruvchi holat bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi masalani hal etishda sudlar tergov organlariga berilgan ariza yoki jinoyat toʻgʻrisida tergov organi mansabdor shaxsiga qilingan xabar (har qanday shaklda) ixtiyoriy boʻlgan-boʻlmaganligini va bu holat shaxs jinoyat sodir etishdagi oʻz ishtirokini u gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) sifatida ushlangan yoki gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror unga eʼlon qilingandan soʻng tasdiqlaganligi bilan bogʻliq yoki bogʻliq emasligini tekshirib koʻrishlari lozim. Agar jinoyat sodir etilganligi fakti boʻyicha qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha uni sodir etgan shaxs aniqlangan boʻlmasa, shaxsning oʻz qilmishi toʻgʻrisida ixtiyoriy ravishda bergan arizasi yoki xabari aybni boʻyniga olish deb baholanishi kerak. Shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsning oʻzi sodir etgan boshqa, tergov organlariga maʼlum boʻlmagan jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizasi ham aybni boʻyniga olish deb qaralishi lozim. Ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etilib, ulardan ayrimlari boʻyicha shaxs aybini boʻyniga olib kelgan boʻlsa, bu holat jazoni yengillashtiruvchi sifatida faqat boʻyinga olish toʻgʻrisida ariza berilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash paytida hisobga olinishi k