Dastlabki sinovdan oʻta olmaganligi sababli xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga koʻra bekor qilinishining qonuniyligiga oid daʼvolarni hal qilishda sudlar quyidagi holatlarni eʼtiborga olishi kerak: ish beruvchi bunday asoslar bilan faqat dastlabki sinovning natijalari qoniqarsiz boʻlganda, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli, xodimning mehnat shartnomasida belgilangan ishni bajara olmasligi aniq faktlar asosida tasdiqlangan boʻlishi lozim; agar dastlabki sinov muddati davomida xodimning topshirilgan ishni bajara olmasligini tasdiqlovchi faktlar boʻlmasa, lekin ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishga boshqa asoslar (xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyati oʻzgarishi, tashkilotning tugatilishi, xodim tomonidan muntazam yoki bir marta mehnat majburiyatlarining qoʻpol ravishda buzilishi va boshqalar) mavjud boʻlsa, mehnat munosabatlarini bekor qilish boʻyicha belgilangan tartib va shartlarga rioya etilgan holda tegishli asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Bunday holda xodim bilan mehnat shartnomasini dastlabki sinovdan oʻtmaganlik asosida bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi; xodim bilan mehnat shartnomasi uni oldindan yozma ogohlantirmasdan yoki qonunda yoxud taraflar kelishuviga koʻra belgilangan ogohlantirish muddati oʻtmasdan oldin xodimning roziligisiz bekor qilinganda, sud ish beruvchi tomonidan ushbu asos boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilishning qonuniyligiga oid barcha boshqa shartlarga rioya qilinganini aniqlasa, mehnat shartnomasini bekor qilish sanasini ogohlantirishning qonunda yoki taraflarning kelishuviga koʻra belgilangan muddatga mutanosib ravishda oʻzgartirish va ushbu vaqt uchun xodimga haq undirish masalasini hal qiladi. Bunday asoslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish sanasini koʻchirishga faqat mehnat shartnomasida belgilangan dastlabki sinov muddati chegarasida yoʻl qoʻyiladi; agar mehnat shartnomasida nazarda tutilgan dastlabki sinov muddati tugagan boʻlsa yoxud ushb