MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4-bandiga koʻra, mehnat shartnomasi bekor qilinishining qonuniyligi masalasini hal etishda sudlarning eʼtibori, xodim tomonidan mehnat majburiyatlarini buzish muntazam xarakterga ega boʻlganini aniqlashga qaratilsin. Avval mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka yoxud unga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan taʼsir choralari qoʻllanilgan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan intizomga xilof harakat sodir qilinishi mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi. Bunda sudlarning eʼtibori mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasini bekor qilishga muqaddam tegishli tartibda intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilganligi yoxud unga nisbatan boshqa taʼsir choralari qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida xodim tomonidan sodir qilingan intizomga xilof harakat asos boʻlishiga qaratilsin. Sud MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4-bandiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilinishi qonuniyligi masalasini muhokama qilishda faqat intizomiy jazo chorasini qoʻllashning belgilangan muddatlari va tartibiga amal qilinganini aniqlash bilan chegaralanib qolmasdan, balki avval mehnat intizomini buzganligi uchun intizomiy jazo choralarini qoʻllashda ham belgilangan muddat va tartiblarga rioya qilingan-qilinmagani, xodimning moddiy javobgarlikka tortilishi yoki unga nisbatan boshqa taʼsir choralari qoʻllanishi asosli boʻlgan-boʻlmaganini ham tekshirib chiqishi kerak. Agar sud muhokamasi davomida xodimga nisbatan ilgari qoʻllanilgan jazo yoki taʼsir chora bir yillik muddat oʻtmasdan oldin mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik va mehnat haqidagi huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda (MK 315-moddasining uchinchi qismi) olib tashlangani aniqlansa, MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4-bandiga asosan mehnat shartnomasining bekor qilinishi gʻayriqonuniy deb topiladi. Nojoʻya xatti-harakati