Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 11-band. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilgach, sudya har bir ish boʻyicha uni FPK…

Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilgach, sudya har bir ish boʻyicha uni FPK 21-bobida nazarda tutilgan tartibda sudda koʻrishga tayyorlashi shart. Jumladan, ishni sudda koʻrishga tayyorlash tartibida, qoida tariqasida, ikkinchi tarafni chaqirishi, uning arizaga nisbatan munosabatini aniqlashi kerak. Shu maqsadlarda sudya taraflar bilan oilani saqlab qolish masalasida suhbat oʻtkazadi. Sudya, shuningdek er-xotin oʻrtasida nikohdan ajratish daʼvosi bilan bir vaqtda hal qilinishi lozim boʻlgan boshqa nizolar bor-yoʻqligini aniqlaydi, taraflarga voyaga yetmagan bolalari taʼminoti uchun buyruq tartibida aliment undirish huquqini tushuntiradi, ishning koʻrilishi uchun ahamiyatga molik boshqa masalalarni aniqlaydi.