Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo rad etilgan taqdirda, mazkur daʼvo bilan birga berilgan boshqa talablar sud tomonidan alohida ish yuritishga ajratilishi lozim (FPK 198-moddasi ). Agar daʼvogar nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvodan voz kechsa, ishning shu qismi ish yuritishdan tugatilishi, er yoki xotinning mazkur daʼvo bilan birga bergan boshqa talablari esa, mazmunan koʻrilishi lozim.