Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 3-band. Oila kodeksining 42-moddasiga koʻra, voyaga yetmagan umumiy bolalari boʻlmagan…

Oila kodeksining 42-moddasiga koʻra, voyaga yetmagan umumiy bolalari boʻlmagan er-xotinning oʻzaro roziligi boʻlgan taqdirda nikohdan ajratish fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida (bundan buyon matnda-FHDY organlari) amalga oshiriladi, er-xotin oʻrtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy taʼminot berish yoki umumiy mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisida nizo mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.