Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 35-band. Agar nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo nikohdan sud tartibida…

Agar nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo nikohdan sud tartibida ajratilgandan soʻng berilgan boʻlsa, sudya daʼvo arizasini qabul qilishni u sudda koʻrishga tegishli emasligi sababli rad etadi (FPK 194-moddasi birinchi qismining 1-bandi ). Bunday daʼvo faqat nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori va nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvi belgilangan tartibda bekor qilingan holda koʻrilishi mumkin. Agar nikohdan FHDY organlarida ajratilgan boʻlib, keyinchalik nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvini bekor qilish va nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida talablar qoʻyilgan boʻlsa, sud bu talablarni bir vaqtning oʻzida koʻrishi shart.