Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. Oila kodeksining 43-moddasiga muvofiq, nikohdan ajratish quyidagi hollarda er-xotindan…

Oila kodeksining 43-moddasiga muvofiq, nikohdan ajratish quyidagi hollarda er-xotindan birining arizasi boʻyicha, ular oʻrtasida voyaga yetmagan umumiy bolalar borligidan qatʼi nazar, FHDY organlarida amalga oshiriladi, agar er-xotindan biri sud tomonidan: bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa; ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa; sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa. Qayd etilgan asoslardan birortasi mavjud boʻlganda FHDY organi nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi talabni rad etishga haqli emas. Er-xotin oʻrtasida bolalar toʻgʻrisida, mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy taʼminot berish yoki umumiy mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisida nizo mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.