Sudlarga tushuntirilsinki, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvolar, qoida tariqasida, javobgarning doimiy yashash joyidagi sudga, FPK 34-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, daʼvogarning xohishi boʻyicha taqdim etiladi. Xususan, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo: jazo muddatidan qatʼi nazar, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs bilan (agar ish sudning sudloviga taalluqli boʻlsa) — mazkur shaxsning sudlangunga qadar oxirgi yashash joyida; yashash joyi nomaʼlum boʻlgan shaxs bilan-uning maʼlum boʻlgan oxirgi yashash joyida yoki uning mol-mulki turgan joyda, daʼvogar voyaga yetmagan bolalari borligi yoki salomatligi tufayli javobgarning yashash joyiga borishga qiynalgan hollarda esa,-daʼvogarning yashash joyida; Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyiga ega boʻlmagan yoki mamlakatdan chiqib ketgan shaxs bilan uning mol-mulki turgan joyda yoki Oʻzbekiston Respublikasida maʼlum boʻlgan oxirgi yashash joyida taqdim etilishi mumkin.