Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 12-band. Sudlar shaxsning tashqi koʻrinishining har qanday shaklda qayd etilishi (jumladan…

Sudlar shaxsning tashqi koʻrinishining har qanday shaklda qayd etilishi (jumladan, fotosurat, videoyozuv, portret, rasm, raqamli model, grafik yoki sunʼiy yaratilgan tasvir) shaxsiy nomulkiy huquq sifatida himoya qilinishini, qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan hollardan tashqari shaxs tasvirini yaratish, undan foydalanish, uni koʻpaytirish yoki tarqatishga faqat uning roziligi mavjud boʻlganda ruxsat etilishini inobatga olishlari lozim. Shaxsning roziligisiz tasvirni qayd etish yoki tarqatish, tasvirni buzib koʻrsatish yoki uni kamsituvchi, obroʻsizlantiruvchi yoxud chalgʻituvchi kontekstda joylashtirish, tasvirdan tijorat maqsadlarida ruxsatsiz foydalanish, shaxsning asl koʻrinishini buzishga olib keladigan tasvirni raqamli qayta ishlash (jumladan, deepfake, videomateriallarga kiritish, soxta “skrinshot”lar yaratish va hokazo), internetda xabardor qilmasdan yoki rozilik olmasdan cheklanmagan kirish huquqi bilan ommalashtirish tasvirga boʻlgan huquqni buzish deb hisoblanadi. Sudlar ushbu toifadagi ishlarni koʻrishda, mazkur qarorning 4-bandida sanab oʻtilgan holatlardan tashqari, tasvirni qayd etish, undan foydalanish yoki uni tarqatish fakti, raqamli qayta ishlash, sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan videotasvirlarda shaxsni aniqlash imkoniyati (jumladan tashqi, ovoz, biometrik belgilar yigʻindisi boʻyicha), mazkur shaxsga tasodifiy oʻxshashlik holatlari, tasvirning haqiqiy emasligini bildiruvchi dalillar mavjudligini aniqlashlari lozim. Shaxsning tasvirga boʻlgan huquqini himoya qilish harakatlarni gʻayriqonuniy deb topish, raqamli muhitda tasvirni oʻchirish yoki bloklash, vizual materialdan foydalanishni oʻchirish, bloklash yoki texnik cheklash majburiyatini yuklash (jumladan, raqamli platformalar maʼmurlariga murojaat qilish orqali), tasvirdan keyinchalik foydalanishni taqiqlash, moddiy zarar va maʼnaviy ziyonni qoplash, huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash shakllarda amalga oshiriladi. Tasvirdan foydalanish salbiy kontekst bilan bog