Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 16-band. Sudlar shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsi begonalashtirib boʻlmaydigan shaxsiy…

Sudlar shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsi begonalashtirib boʻlmaydigan shaxsiy nomoddiy boyliklar boʻlib, mulkiy zarar mavjudligidan qatʼi nazar, qonun bilan himoyalanishini inobatga olishlari lozim. Mazkur huquqlar tarqatilgan maʼlumotlarni haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan deb tan olish, raddiya berish majburiyatini yuklash, axborotni oʻchirish va (yoki) uni keyinchalik tarqatishni taqiqlash, moddiy zarar va maʼnaviy ziyonni qoplash orqali tiklanishi mumkin.