Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 28-band. Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish…

Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha isbotlash predmeti va dalillar tarkibini aniqlashda, FPKning 72-moddasiga muvofiq har bir taraf oʻz talablari yoki eʼtirozlarini asoslash uchun tayanayotgan holatlarni isbotlashi shartligini inobatga olishlari lozim. Shu bilan birgalikda, tarqatilgan maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlash majburiyati FKning 100-moddasiga koʻra javobgar zimmasiga yuklatilganligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.