Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 31-band. Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarning buzilishi bilan bogʻliq…

Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarning buzilishi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda, agar huquq buzilishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali sodir etilgan boʻlsa, raqamli muhitning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olishlari lozim. Xususan, quyidagi holatlar eʼtiborga olinishi kerak: internetda axborot tarqatish anonim tarzda yoki tarqatuvchining shaxsini yashirish uchun texnik vositalardan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkinligi; baʼzi hollarda tarqatish manbai raqamli izlar, jumladan IP-manzil, domen nomi, vaqt belgilari, internet-provayderlar, xosting-kompaniyalar, domen nomlari maʼmurlari va boshqa texnik vositachilarda saqlanadigan maʼlumotlar orqali aniqlanishi mumkinligi; raqamli muhitda maʼlumotlarni keng auditoriyaga yetib borishi, kesh va qidiruv tizimlarida saqlanishi va koʻpaytirilishi oqibatida yetkazilgan zararning darajasi yuqori ekanligi.