FKning 100-moddasi tartibidagi nizo koʻrib chiqilayotgan vaqtda haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, shaxsni obroʻsizlantiruvchi maʼlumotlarni tarqatgan ommaviy axborot vositasining faoliyati toʻxtatilgan yoxud tugatilgan boʻlsa, sud javobgar ommaviy axborot vositasi tahriri, taʼsischi yoki egasi hamda axborotning muallifiga oʻz hisobidan raddiya berish yoki daʼvogarning javobini boshqa ommaviy axborot vositasida eʼlon qilish majburiyatini yuklashga haqli.