Sudlarning eʼtibori bolalarning sogʻlom va barkamol avlod sifatida voyaga yetishida ota-onalar masʼulligiga va ular oʻzlarining voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalarini ijtimoiy taʼminlashga majbur ekanligiga, ushbu majburiyatni ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan aliment faqat sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrugʻi chiqarish orqali undirilishiga; aliment toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilish bolalar manfaatlari himoyasining muhim kafolatlaridan biri hisoblanishini nazarda tutgan holda, qonunlarga qatʼiy rioya etish zarurligiga qaratilsin.