Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 13-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, neustoyka toʻlash majburiyati (Oila kodeksi…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, neustoyka toʻlash majburiyati (Oila kodeksi 142-moddasining ikkinchi qismi) aliment agar sud hujjatiga asosan undirilgan boʻlsa vujudga keladi. Aliment toʻlash boʻyicha kelishuv bajarilmagan hollarda, javobgarlik Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga asosan yuzaga keladi. Sudlarga tushuntirilsinki, aliment undirish toʻgʻrisidagi sud hujjati ijrosi jarayonida aliment boʻyicha qarz vujudga kelishi sababli neustoyka miqdorini hisoblash va undirish davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Aliment toʻlash toʻgʻrisida kelishuv bajarilmagan, aliment boʻyicha qarz vujudga kelgan taqdirda esa, aliment undiruvchi bank foizlarini undirish yuzasidan sudga daʼvo bilan murojaat etishga haqli.