Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 15-band. Sudlarning eʼtibori sud hujjati asosan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa…

Sudlarning eʼtibori sud hujjati asosan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining muayyan qismida undirilayotgan alimentni qatʼiy summada yoki bir vaqtda muayyan qismda va qatʼiy summada undirish toʻgʻrisidagi manfaatdor tarafning talabi FPK 454-moddasi tartibida emas, daʼvo ish yurituvida koʻrilishi lozimligiga qaratilsin. Chunki bu holatda sud qarorini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish emas, balki aliment miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida masala hal etiladi.