Agar sudning bola taʼminoti uchun aliment undirish haqidagi hal qiluv qarori yoki buyrugʻi ijro etilishi vaqtida bola aliment toʻlayotgan ota(ona)ning tarbiyasi va qaramogʻiga oʻtgan boʻlsa, undiruvchi esa, aliment olishdan voz kechmagan boʻlsa, keyingi toʻlanadigan alimentdan ozod qilish masalasi ota(ona) tomonidan tegishli tartibida qoʻzgʻatilgan daʼvo asosida sud tomonidan hal etilishiga; agar undiruvchi yuqorida qayd etilgan holatlarda alimentdan voz kechsa, ijro ish yurituvi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 37-moddasi 2-qismini 1-bandiga asosan tugatilishi lozimligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.