Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. Aliment undirish yuzasidan sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi ariza ham, daʼvo ariza…

Aliment undirish yuzasidan sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi ariza ham, daʼvo ariza ham sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalariga koʻra, javobgarning yashash joyi boʻyicha beriladi, shuningdek, FPK 34-moddasining uchinchi qismiga muvofiq arizachi yoki daʼvogarning oʻzi yashab turgan joyda ham taqdim etilishi mumkin.