Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 65-moddasiga koʻra, davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi. Mazkur konstitutsiyaviy norma maʼnosidan kelib chiqib, har kim tadbirkorlik faoliyati va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa iqtisodiy faoliyatda oʻz qobiliyati va mulkidan erkin foydalanish huquqiga ega.