Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullangan shaxs ayni paytda roʻyxatdan oʻtishdan ham boʻyin tovlasa uning harakatlari JK 188-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim boʻlib, JK 190-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi. Qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganlikda va bunday faoliyat natijasida olingan daromaddan soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlamaganlikda aybdor deb topilgan shaxsning harakatlari JK 188 yoki 190-moddasi bilan toʻliq qamrab olinadi va JK 184-moddasi bilan qoʻshimcha ravishda kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi. Shaxs daromad olish maqsadi boʻla turib, JK boshqa moddalarida javobgarlik nazarda tutilgan noqonuniy faoliyat bilan (masalan, oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlovchi uskunalar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni, kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) shugʻullangan hollarda, uning qilmishi JK 188-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi. 13¹. Tushuntirilsinki, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan shaxslar jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplagan, aybiga iqrorlik va chin koʻngildan pushaymonlik bildirgan hollarda, dastlabki tergov organlari va sudlar, JK 65 , 66 , 70 , 71-moddalariga asosan ularni tegishlicha jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari shart. 13². Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, JK 79-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq JK 189 , 190-moddalari bilan sudlangan shaxslardan sudlanganlik holati muddatidan ilgari JK 78-moddasida sudlanganlik holati tugallanishi uchun nazarda tutilgan umumiy muddatlarning kamida toʻrtdan bir qismi oʻtganda olib tashlanishi mumkin. 13³. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar Jinoyat kodeksining 13-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ahvolini yaxshi