Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining: “ Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari haqida ”gi 2002-yil 25-oktabrdagi 26-sonli; “ Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini sud amaliyotida qoʻllash haqida ”gi 2001-yil 2-noyabrdagi 25-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.