Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 13-band. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasi birinchi qismining…

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasi birinchi qismining 1-bandiga koʻra, tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat (ariza) bilan murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi. Ushbu qoida mazkur toifadagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilinganda ham tatbiq etiladi. Sudlarga tushuntirilsinki, bunday toifadagi ishlar boʻyicha arizalar berilganda arizachidan davlat bojidan ozod qilish haqidagi iltimosnoma yoki moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma talab qilinmaydi.