Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 6-band. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb…

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 26-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 25-moddasi mazmunidan kelib chiqib sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega boʻlmagan fuqaro ishtirokidagi nizolar, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga taalluqli. Qonun boʻyicha bunday nizolarni hal etish maʼmuriy sudlar vakolatiga oʻtkazilgan hollar bundan mustasno.