Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 7-band. Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini…

Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni oʻtkazish tartibi qonun hujjatlari bilan qatʼiy belgilangan. Xususan, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida boshqa masalalar bilan bir qatorda tekshirishlarni oʻtkazish asoslari, davriyligi va muddatlari tartibga solingan. Tekshirish oʻtkazishga asos boʻlgan hujjat bekor qilinganida yoki haqiqiy emas deb topilganida yohud tekshirish qonunda belgilangan asoslar mavjud boʻlmasdan oʻtkazilgan holda, u noqonuniy hisoblanadi va FPK 71-moddasining ikkinchi qismi , IPK 66-moddasining ikkinchi qismi va MSIYUtK 65-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar dalil sifatida qabul qilinmaydi.