Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 12-band. Mansabdor shaxslarning terrorizmni moliyalashtirishda ifodalangan harakatlari JK…

Mansabdor shaxslarning terrorizmni moliyalashtirishda ifodalangan harakatlari JK 155³-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi va JK 192¹¹ , 205-moddalari boʻyicha qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab qilmaydi. Mansabdor shaxsning harakatlarini JK 155³-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi boʻyicha kvalifikatsiya qilishda, aybdor terrorizmni moliyalashtirishda oʻz mansab vakolatlaridan foydalanganligi aniqlanishi lozim.