Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 16-band. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 244¹-moddasining birinchi qismida quyidagilar uchun jinoiy…

Sudlarga tushuntirilsinki, JK 244¹-moddasining birinchi qismida quyidagilar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan: diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash yoki saqlash; qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga yoxud aholi orasida vahima chiqarishga daʼvat etish; diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoxud namoyish etish.