Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 17-band. Shuni nazarda tutish kerakki, JK 244¹-moddasining ikkinchi qismi boʻyicha jinoiy…

Shuni nazarda tutish kerakki, JK 244¹-moddasining ikkinchi qismi boʻyicha jinoiy javobgarlik quyidagi hollarda kelib chiqadi: diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish; qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga yoxud aholi orasida vahima chiqarishga daʼvat etish; fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish; diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish.