Mazkur toifadagi ishlarni koʻrib chiqishda, sudlar shaxsda terrorizmni yoki ekstremizmni moliyalashtirishga qaratilgan toʻgʻri qasd mavjudligini aniqlashi lozim. Jumladan, sudlar tomonidan shaxsning aybini isbotlovchi dalillarga huquqiy baho berishda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.