Terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini moddiy va moliyaviy jihatdan taʼminlash quyidagilarda ifodalanishi mumkin: har qanday koʻchar yoki koʻchmas aktivlarni yoki bunday aktivlarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi yuridik hujjatlarni taqdim etishda yoxud ularda ishtirok etishda (masalan, bank cheklari, pul oʻtkazmalari, bank kreditlari, qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, veksellar, aksiyalar, akkreditivlar va h.k.); terroristik harakatlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan boshqa mulklarni taqdim etishda yoki xizmatlar koʻrsatishda.