Terroristik faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan mulkiy xarakterdagi xizmatlar quyidagilarda ifodalanishi mumkin: terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanish uchun chiptalar sotib olishda; pul mablagʻlarini, shu jumladan, xayriya niqobi ostida Oʻzbekiston Respublikasidagi yoki xorijdagi hisob raqamlariga oʻtkazishda; uchinchi shaxslar orqali pul va boshqa mablagʻlarni taqdim etishda; terrorchilik tashkilotlariga qoʻshilish uchun joʻnab ketayotgan shaxslarga yoʻlboshchilik qilishda; terrorchilik harakatlarini amalga oshirish uchun qurol-yaroq, oʻq-dori va boshqa asbob-uskunalar taqdim etishda; oziq-ovqat mahsulotlari, hayotiy zarur narsalar, dori-darmonlar, kiyim-bosh, anjomlar, aloqa vositalari, transport, turar va noturar joylar pul mablagʻlari taqdim etishda va h.k.