Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 18-band. Yoʻl-transport hodisasida aybdor haydovchi uchun quyidagi hollarda JK 117-moddasi…

Yoʻl-transport hodisasida aybdor haydovchi uchun quyidagi hollarda JK 117-moddasi boʻyicha javobgarlik kelib chiqmaydi: agar unda jabrlanuvchiga yordam koʻrsatish imkoniyati boʻlmasa (masalan, yoʻl-transport hodisasi oqibatida hushini yoʻqotganligi yoki olgan tan jarohati uni jabrlanuvchiga yordam koʻrsatish imkoniyatidan mahrum qilgan boʻlsa va h.k.); jabrlanuvchining badaniga yetkazilgan tan jarohatlari uning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlmasa; jabrlanuvchining oʻlimi yoʻl-transport hodisasi paytida roʻy bergan boʻlsa.