Sudlar JK 260, 260¹ , 262, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlarni koʻrishda, sudlanuvchiga nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo chorasini qoʻllash masalasini muhokama qilishlari lozim. Mazkur masala shaxs bunday huquqqa ega, egamasligidan (masalan: shaxs jinoyat sodir qilgunga qadar yoki tergov vaqtida maʼmuriy tartibda yoki sud hukmi bilan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinganligidan) qatʼii nazar, muhokama qilinishi shart. Jinoyat kodeksining 261-moddasi, 266-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari sanksiyasida muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo qoʻllanilishi majburiyligi belgilanganligi sababli, sud, JK 57-moddasida belgilangan alohida hollar (masalan, sudlanuvchining asosiy kasbi haydovchilik boʻlib, boshqa mutaxassislikka ega emasligi) mavjud boʻlganda, hukmning tavsif qismida oʻz qarorini asoslab bergan holda, qoʻshimcha jazo chorasini qoʻllamasligi mumkin.