Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 4-band. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining…

Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) XVIII — bobida barcha turdagi transport vositalarida harakatlanish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Transport vositalariga, jumladan, temir yoʻl, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti, shuningdek, mototsikl, moped, velosiped, ot-ulov va shu kabilarni kiritish mumkin.