Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida 1-band. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 267-moddasining birinchi qismiga muvofiq transport…

Sudlarga tushuntirilsinki, JK 267-moddasining birinchi qismiga muvofiq transport vositalarini olib qochish deganda, oʻzganing transport vositasini talon-toroj qilish maqsadisiz bir joydan boshqa joyga koʻchirish tushunilishi lozim. Ushbu jinoyat aybdor shaxs tomonidan transport vositasini turgan joyidan boshqa joyga olib qochgan paytdan boshlab tamom boʻlgan hisoblanadi.