Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida 3-band. Transport vositasini oʻgʻirlash maqsadisiz olib qochish faqat toʻgʻri qasd bilan amalga…

Transport vositasini oʻgʻirlash maqsadisiz olib qochish faqat toʻgʻri qasd bilan amalga oshiriladi. Aybdor transport vositasini olib qochganda talon-toroj maqsadini koʻzlagan boʻlsa, uning harakatlari qilmishning xususiyatidan kelib chiqib, JK 267-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi yoki uchinchi qismi “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday harakatlarni, tegishlicha, JK 164 , 166 yoki 169-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.