Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida 11-band. Fuqarolarni qonunda koʻzda tutilgan asoslar boʻyicha (Uy-joy kodeksining 71 —…

Fuqarolarni qonunda koʻzda tutilgan asoslar boʻyicha (Uy-joy kodeksining 71 — 73-moddalari ) boshqa uy-joy bergan holda uy-joydan koʻchirish toʻgʻrisida daʼvo arizasini qabul qilishda, sudya daʼvo arizasida uydan koʻchirilayotgan fuqarolarga taqdim etilayotgan uy-joyning aniq manzili koʻrsatilganligini tekshirishi shart. Agar daʼvo arizasida manzil koʻrsatilmagan boʻlsa, bu holat FPK 195-moddasi birinchi qismining 4-bandiga muvofiq daʼvo arizasini qaytarish haqida ajrim chiqarish uchun asos boʻladi.