Turar-joy berish navbatining buzilishi sababli hujjat (order)ni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvolar bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishda, sud, quyidagi holatlarni: turar-joy berish navbati haqiqatdan ham buzilganligini; javobgar mehnat shartnomasi tuzishda koʻzda tutilishi mumkin boʻlgan asoslarda navbatidan tashqari yoki birinchi navbatda turar-joy olish huquqiga ega ekanligini; belgilangan tartibda turar-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar roʻyxatida javobgardan oldin turgan fuqarolar hujjatda (orderda) koʻrsatilgan uyga daʼvogarlik qilmaganligini (masalan, kattaroq, kengroq uy olish istagini bildirganligi) yoki ishni koʻrib chiqish davriga kelib javobgarga turar-joy berishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar bekor boʻlganligini (masalan, turar-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar roʻyxatida javobgardan oldin turgan fuqarolar turar-joy olgan boʻlib, nizo kelib chiqishiga sabab boʻlgan, daʼvogarlikdan voz kechgan hollar) aniqlashi lozim.