Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida 19-band. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida ijaraga…

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolarining talabi boʻyicha turar-joy ijara shartnomasini (turar-joyni boʻlish) oʻzgartirish mumkin. Bunday nizolarni koʻrishda, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 9-moddasi talabi mavjud boʻlgan sharoitdagina ijara shartnomasini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilishi mumkin.