Ijaraga beruvchi turar-joyni ijaraga berish shartnomasi shartlaridan kelib chiqadigan nizolar (kvartira haqi, xonalar va obodonlashtirish obyektlariga yetkazilgan shikast natijasida keltirilgan zararni qoplash va h.k.) boʻyicha taraf sifatida ishtirok etishi shart. Davlat uy-joy fondini boshqarish bilan shugʻullanuvchi organlar esa, turar-joy berish, turar-joylarni almashtirish, turar-joylarni saqlash (bron qilish) kabi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha taraf sifatida qatnashishi lozim.