Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida 3-band. Sudlar uy-joy nizolarini hal qilishda uy-joyning huquqiy holatini, uning xususiy yoki…

Sudlar uy-joy nizolarini hal qilishda uy-joyning huquqiy holatini, uning xususiy yoki davlat uy-joy fondiga tegishliligini aniqlashlari lozim. Xususiy uy-joy fondiga quyidagilar kiradi: fuqarolarning mulki boʻlgan uy-joy fondi (yakka tartibdagi turar-joy binolari, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda sotib olingan kvartiralar va uylar, uy-joy hamda uy-joy qurilish kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari toʻliq miqdorda toʻlangan kvartiralar, hadya, ayirboshlash shartnomalari hamda meros huquqi va Oʻzbekiston Respublikasi FKning 187-moddasi asosida olingan kvartiralar va uylar); xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki boʻlgan hamda ularning mablagʻlari hisobidan qurilgan yoki kim oshdi savdosida yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda (oldi-sotdi, hadya, meros, va h.k. shartnomalar) olingan kvartiralar va uylar. Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi: mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joylar fondi; mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, xususiy, munitsipal uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartnomalari asosida foydalanilayotgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi; davlat korxonalari, muassasa va tashkilotlarning toʻla xoʻjalik yurituvida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan idoraga qarashli boʻlgan uy-joy fondi;