Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida 1-band. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar…

Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirib chiqilishi, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritish manbalari, oʻtkazish yoʻllari, usullari, jinoyatlarning barcha ishtirokchilari aniqlanishi va javobgarlikka tortilishiga alohida eʼtibor qaratilishi, jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish uchun barcha choralar koʻrilishi lozim.