Valyuta qimmatliklarini bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish, firibgarlik, oʻgʻrilik yoʻli bilan talon-toroj qilish, shuningdek, valyuta qimmatliklarida pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga ogʻdirish, tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish, xizmatchining qonunga xilof ravishda moddiy yoki mulkiy foyda olishi Jinoyat kodeksining faqat ana shunday jinoyatlar uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi moddasi bilan tavsiflanishi lozim va Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi.